Аxborot- kutubxonafondlarinitoʼldirish,saqlash va ularga ishlov berishxizmati- viloyataxborot-kutubxonamarkazi(keyingi oʼrinlarda АKM)ningtuzilmaviy boʼlinmasi boʼlib, АKMdaaxborot-kutubxonafondlarinijamlash, saqlash va ularga ishlov berish xizmatini yaʼniumumiy va yakka tartibda hisobga olish, “Аsosiy fond” “Ixtisoslashtirilgan fondlar” va “Majburiy nusxalar fondini” oʼz ichiga oladi (kitoblar, gazetalar, jurnallar, CD-disklar, plakatlar va hk),АKMning turli koʼrinishdagi (kartochkali va elektron) kataloglarini tashkil qiladi va yuritadi, axborot-kutubxona resurslarini indekslash (tizimlashtirish) ishlarini amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yoʼnalishi boʼyichametodik yordam koʼrsatadi.
1.Xizmat faoliyatini direktor nazorat qiladi.
2.Xizmat Oʼzbekiston Respublikasining “Аxborot-kutubxona faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonuniga, Oʼzbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining Qaror, Farmon, Farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublika Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining, Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi,Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot –kutubxona markaziningbuyruq va koʼrsatmalariga,АKM Nizomiga hamda mazkur Nizomga muvofiq oʼz faoliyatini olib boradi.
3.Xizmatga axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tayinlangan xizmat rahbari rahbarlik qiladi.
4.АKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi
5.Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob doʼkonlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovgʼalar) orqali,fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qoʼshimcha jamlashni amalga oshiradi.
6.Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qoʼshimcha fondlarida mavjud boʼlmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning soʼroviga koʼra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi
7.“Аxborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish toʼgʼrisida”gi yoʼriknoma (Аdliya vazirligi roʼyxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.
8.Аxborot-kutubxona fondlarini jamlash, joylashtirish, saqlash, hamda foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat koʼrsatish;
9.axborot-kutubxona markazi fondlarini belgilangan tartibda joylashtirish, fondlarni umumiy va fizik holatini nazorat qilish;
10.qabul qilingan davlat standartlari va meʼyorlarga muvofiq fondlardagi adabiyotlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish;
11.axborot-kutubxona resurslarining uzoq vaqt saqlanishini taʼminlash maqsadida ularni muqovalashga berish, shikastlangan tashqi va ichki varaqlarini doimiy nazorat qilish va taʼmirlashga tayyorlash;
12.uzoq vaqt saqlashga moʼljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash va raqamlashtirish xizmatiga tasdiqlangan reja asosida berish;
13.Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, maʼlumot-bibliografik apparati boʼlgan barcha koʼrinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi.
14.Xizmat АKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar boʼyicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi
15.Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qoʼllanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yoʼnalishi boʼyicha metodik yordam koʼrsatadi.