E'lonlar

Barcha yangiliklardan xabardor bo'lib boring!

26.01.2026
16.18

Hurmatli kitobxonlar! Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida “Direktor sovrini” loyihasi start olmoqda! 📖 Loyiha doirasida 5 ta tanlangan kitoblar kitobxonlarga taqdim etiladi. Jumladan: 1. Abdulhamid Cho'lpon "Kecha va kunduz" 2. O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari" 3. Agata Kristi "Al-karnaku kemasidagi qotillik" 4. Napoleon Xill "Omadli 13 qadam" 5. Jek London "Hikoyalar" Ushbu kitoblar asosida qiziqarli savollar tuzilib, bilimdon va faol kitobxonlar aniqlanadi. 🎯 Loyihaning maqsadi: — Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — Mutolaa orqali tafakkurni rivojlantirish — Eng faol va bilimli kitobxonlarni rag‘batlantirish 📌 Ishtirok etish uchun: — Belgilangan 5 ta kitobni o‘qing — Savollarga javob bering — Har bir kitobxon o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarni boshqalarga ham ulashish maqsadida bir nusxadan axborot-kutubxona markazi fondiga sovg'a tariqasida taqdim etishingiz talab etiladi. —Loyihada qatnashish istagida bo'lgan kitobxonlar Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishlari so'raladi. 👨‍👩‍👧‍👦Kitobxonlik tanlovida ishtirok etish uchun yosh chegaralanmagan. 🗓Ushbu loyiha doirasidagi tanlov joriy yilning 2-mart kuni Axborot-kutubxona markazida o'tkaziladi. 🏆 G‘olib bo'lgan ishtirokchilar rahbariyat tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1-o'rin 300.000 so'm 2-o'rin 200.000 so'm 3-o'rin 100.000 so'm 🎁 Loyihada ishtirok eting, bilimlaringizni sinab ko‘ring va munosib sovg‘alar sohibiga aylaning! Murojaat uchun telefon: +99895-430-23-90

29.01.2026
1043

Kitobxonlar navbatdagi bosqichga tayyormisiz? 📚Mamlakatimiz bo‘ylab kitobxonlik harakatini yangi bosqichga olib chiqqan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman va shahar bosqichlari boshlanmoqda! Joriy yilning 31-yanvar kuni barcha hududlarda bilimdon yoshlarimiz bir vaqtning o‘zida o‘zaro bellashadilar. Tanlov o‘tkaziladigan manzillar va mas’ul xodimlar haqidagi batafsil: ✔️ Qoraqalpog’iston Respublikasi; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/628a9200-3f3e-59f2-61fc-2a428915b654_media_.pdf) ✔️ Andijon viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/9e86d924-c5c8-e2d9-5a56-8548eafab829_media_.pdf) ✔️ Buxoro viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/a4222c01-ade6-06fb-df67-e241489349e8_media_.pdf) ✔️ Jizzax viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/0dc5117e-7132-d970-2d19-22d2b763d778_media_.pdf) ✔️ Qashqadaryo viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/45c3e255-1e3b-2166-8eca-67da372f8601_media_.pdf) ✔️ Navoiy viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/e8007ab7-0141-554a-aad1-362666200a48_media_.pdf) ✔️ Namangan viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/3539b3ce-df82-ea41-eb5c-4fd1a3eb755c_media_.pdf) ✔️ Samarqand viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/7a8bc870-8230-0dc9-3a65-56312c5688dd_media_.pdf) ✔️ Sirdaryo viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/132b8928-07ed-80bb-8b8c-4bfebf90ec2a_media_.pdf) ✔️ Surxondaryo viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/c295b72e-20bf-abc6-9323-7cb537fce989_media_.pdf) ✔️ Toshkent viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/6a413925-4475-81fb-b6c4-223c62f836f7_media_.pdf) ✔️ Farg‘ona viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/0a4b1380-cc92-e06c-f3af-addb4402f377_media_.pdf) ✔️ Xorazm viloyati; (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/c7846053-9cfe-3ac3-96c7-f58c1f29ce61_media_.pdf) ✔️ Toshkent shahri (https://api-portal.gov.uz/uploads/64/2026/01/26/e77f1ad9-683d-3ea2-183a-a1c533b4a145_media_.pdf). 👏Barcha kitobsevar yoshlarimizga zafarlar tilaymiz! Omad sizga yor bo‘lsin!

29.09.2026
10:00 14:00

🔈DIQQAT E'LON‼️ Hurmatli kitobxonlar! 📚Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Direktor sovrini – 3” loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovi o'tkaziladi. 📖Tanlov uchun quyidagi asarlar: Sa'dullo Quronov — “Galaktikada bir kun” Togʻay Murod — “Yulduzlar mangu yonadi” Abdulla Qodiriy — “Mehrobdan chayon” Xudoyberdi To‘xtaboyev — “Shirin qovunlar mamlakati” 📚Ushbu asarlar yuzasidan tuzilgan test va savollar orqali eng bilimdon, zukko hamda faol kitobxonlar aniqlanadi. 💎Loyihaning maqsadi: ➖ Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish; ➖ Mutolaa madaniyatini rivojlantirish; ➖ Yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish; ➖ Faol kitobxonlarni rag‘batlantirish. 📌Tanlovda ishtirok etish uchun: ➖ Tavsiya etilgan 4 ta kitobni mutolaa qiling; ➖ Test sinovlarida qatnashing; ➖ Savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob bering; ➖ Kutubxona fondini boyitish maqsadida o‘zingiz sevib o‘qigan kitobingizdan bir nusxasini sovg‘a qiling; ➖ Loyihada qatnashish istagida bo'lgan kitobxonlar Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishingiz shart! 🖥Tanlov sanasi: 29-sentabr 🕙Boshlanish vaqti: 10:00 📍Manzil: Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi 🎁G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 300 000 so‘m 🥈2-o‘rin — 200 000 so‘m 🥉3-o‘rin — 100 000 so‘m ☎️Murojaat uchun: +998 55 152 52 58 🌐Telegram: @Mirzachol_TAKM 🌟Barcha kitobsevarlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

25.12.2026
10:00 13:00