“Direktor sovrini”

Hurmatli kitobxonlar! Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida “Direktor sovrini” loyihasi start olmoqda! 📖 Loyiha doirasida 5 ta tanlangan kitoblar kitobxonlarga taqdim etiladi. Jumladan: 1. Abdulhamid Cho'lpon "Kecha va kunduz" 2. O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari" 3. Agata Kristi "Al-karnaku kemasidagi qotillik" 4. Napoleon Xill "Omadli 13 qadam" 5. Jek London "Hikoyalar" Ushbu kitoblar asosida qiziqarli savollar tuzilib, bilimdon va faol kitobxonlar aniqlanadi. 🎯 Loyihaning maqsadi: — Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — Mutolaa orqali tafakkurni rivojlantirish — Eng faol va bilimli kitobxonlarni rag‘batlantirish 📌 Ishtirok etish uchun: — Belgilangan 5 ta kitobni o‘qing — Savollarga javob bering — Har bir kitobxon o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarni boshqalarga ham ulashish maqsadida bir nusxadan axborot-kutubxona markazi fondiga sovg'a tariqasida taqdim etishingiz talab etiladi. —Loyihada qatnashish istagida bo'lgan kitobxonlar Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishlari so'raladi. 👨‍👩‍👧‍👦Kitobxonlik tanlovida ishtirok etish uchun yosh chegaralanmagan. 🗓Ushbu loyiha doirasidagi tanlov joriy yilning 2-mart kuni Axborot-kutubxona markazida o'tkaziladi. 🏆 G‘olib bo'lgan ishtirokchilar rahbariyat tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1-o'rin 300.000 so'm 2-o'rin 200.000 so'm 3-o'rin 100.000 so'm 🎁 Loyihada ishtirok eting, bilimlaringizni sinab ko‘ring va munosib sovg‘alar sohibiga aylaning! Murojaat uchun telefon: +99895-430-23-90