1. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati (keyingi oʼrinlarda Xizmat deb yuritiladi Аxborot-kutubxona markazining (keyingi oʼrinlarda АKM deb yuritiladi) tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi. Xizmat АKMning bosma nashrlarini raqamlashtiradi, server va tarmoqlar, dasturiy taʼminotlarining xatoliklarsiz doimiy ishlashini boshqaradi, elektron kutubxonani shakllantirish ishlarini olib boradi, markaz veb saytining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bogʼlash va toʼliq matnli maʼlumotlar bazasini shakllantiradi. Tuman axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yoʼnalishi boʼyicha metodik yordam koʼrsatadi.
2. Xizmat ishini АKM direktori nazorat qiladi.
3. Xizmat Oʼzbekiston Respublikasining “Аxborot-kutubxona faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonuniga, Oʼzbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining Qaror, Farmon, Farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublika Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining, Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi, Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazining buyruq va koʼrsatmalariga, АKM Nizomiga hamda mazkur Nizomga muvofiq oʼz faoliyatini olib boradi.
Xizmatga axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tayinlangan xizmat rahbari rahbarlik qiladi.
4. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Markazning dasturiy va texnik taʼminotlarini qoʼllab-quvvatlaydi; Elektron kutubxonani shakllantirish boʼyicha reja ishlab chiqib ularni amalga oshiradi; markazda yaratiladigan raqamli kitoblar, audio va video resurslarning butun saqlanishini taʼminlaydi;
Server va tarmoq infratuzilmalari, dasturiy taʼminotlarining xatoliklarsiz doimiy va bir maromda ishlashini boshqaradi, monitoring qilib boradi, xizmatlaridagi xatoliklarni oʼz vaqtida tez va aniq bartaraf etadi;
Markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirishda joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, mavjud kompьyuter parkidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi;
Foydalanuvchilarning markaz veb saytiga uzluksiz kirishini taʼminlaydi;
Markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnik qoʼllab - quvvatlash boʼyicha axborot-kutubxona xodimlariga maslahat va amaliy yordam koʼrsatadi;
Tizim va dasturiy taʼminotlarni oʼrnatadi va qoʼllab-quvvatlaydi;
Texnik va dasturiy mablagʼlarning marketing tahlili, ularni modernizatsiya qilish boʼyicha takliflar asosida Markaz ehtiyojlari uchun texnik-dasturiy va boshqa texnik vositalarini sotib oladi;
Markazning kompьyuter uskunalari va boshqa texnik vositalari hisobini yuritadi va pasportlashni tashkil etadi;
Xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda rejalarni ishlab chiqadi va bajaradi, haftalik, oylik, kvartal, yillik hisobotlarni tayyorlab boradi;
Raqamlashtirilgan resurslarga (kitob, gazeta, jurnal, alьbomlar, xaritalar, qoʼlyozmalar, nota nashrlar va boshqalar) ishlov berishni amalga oshiradi;
Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bogʼlash va toʼliq matnli maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Boshqa tashkilot va muassasalarga bosma resurslarni raqamlashtirish boʼyicha pullik xizmat koʼrsatadi;
soha boʼyicha oʼquv seminarlarida ishtirok etadi.