"INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi

📣 #EʼLON 🏛O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi "2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 490-son buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB-O‘zbekiston 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ✅Shu munosabat bilan, Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli tadbirlar 🏅Tanlovlar, ✈️Seminarlar, 🎤Davra suhbatlari, 📖Kitob ko‘rgazmalari, 🎥Videoroliklar, 📌Uchrashuvlar, 📚Kitob taqdimotlari tashkil qilinadi. 🏛Barcha kitobxonlarni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga taklif etamiz. 📣Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi, Siz aziz kitobxonlarni kutib qoladi.