Infolib O'zbekiston-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona

📚 "Infolib O'zbekiston-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh kitobxonlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Ushbu samimiy uchrashuvda faxriy otaxonimiz, hayot maktabini o'tgan, ibratli inson Yanisbek Madumarov mehmon bo'ldilar. ✅Tadbir davomida yoshi ulug' kitobxonimiz o'zining boy hayot tajribasi, yoshlik yillari, Vatan ravnaqi yo'lida qilgan mehnatlari haqida so'zlab berdi. Ularning har bir hikoyasi, har bir so'zi yoshlar uchun hayot sabog'i, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va odamiylik namunasi bo'ldi. Yoshlarimiz faxriy otaxonimizdan nafaqat o'tmish haqida, balki bugungi tinchlik va farovonlikning qadriga yetish haqida ham ko'p narsa o'rgandilar.