Qatag‘on qurbonlari xotirasi: Jadidlar merosi» nomli onlayn viktorina-testga taklif etamiz! 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan millat ma’rifati va istiqloli yo‘lida fojiali halok bo‘lgan buyuk adiblarimiz — Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir va boshqa ma’rifatparvar ajdodlarimizning xotirasiga bag‘ishlangan onlayn viktorina-test o‘tkaziladi. Sana: 31-avgust Vaqt: 10:00 dan 13:00 gacha Viktorinada buyuk jadid namoyandalarining hayoti, ijodiy merosi va milliy matbuot rivojiga qo‘shgan hissalariga oid savollar taqdim etiladi. Ajdodlarimiz xotirasini yod etish va o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rish uchun imkoniyatni boy bermang! barcha kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlarini faol chora-tadbirlarimizda kutib qolamiz.