adabiy-musiqiy kecha

2025-yil 11-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik"," Do‘stlik" va "Bog‘bon" mahallasida istiqomat qiluvchi kitobxon onaxonlar ishtirokida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi,kitobxon ona -kitobxon bola" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. 🔰Mazkur tadbirda oila va bolalar tarbiyasida kitobning o‘rni, onalarning o‘rnak tajribalari muhokama qilindi. Bugungi tadbir yoshlar  tomonidan she'r, kuy-qo'shiqlar va chiroyli raqslar namoyishida davom etdi. ✅Ushbu tadbirdan asosiy maqsadi ma'naviyatini boyitish, ularning estetik didini oshirish, san'at va madaniyat orqali milliy qadriyatlarga bo'lgan hurmatni kuchaytirish, yoshlar orasida sog'lom muhit va jamoaviylik ruhini shakllantirishdan iborat.