Mahorat darsi

2025 yil 11-iyul kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Axborot - bibliografiya xizmati tomonidan "Bibliografik qo'llanmalar tuzish va kartatekalar yuritilishi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. ✅Tadbirda xodimlarga mavzuli kartotekalar yozish,sohalarga ajratish va bibliografik qo'llanmalar tuzish kabi ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbir so'ngida xodimlarning bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida berilgan ma'lumotlar yuzasidan test sinovlari o'tkazildi.