Kitob taqdimoti

2025-yil 11-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasi hududida atoqli ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavalludi munosabati bilan "Turkiy Guliston yoxud axloq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🔰Taqdimot davomida asardagi yoshlar tarbiyasi, ma’naviy poklik, ilmga chanqoqlik va vatanparvarlik g‘oyalari bugungi kun bilan uyg‘un ravishda tahlil qilindi.Shu bilan bir qatorda tadbirda buyuk ma’rifatchining hayoti va boy ilmiy-ijodiy merosi, o‘zbek ma’rifatparvarlik harakatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi ✅Bu kabi tadbirlarlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotiraga hurmat va kitobga mehr uyg‘otishda muhim o‘rin tutadi.