Davra suhbati

Kitob insoniyat madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri, millat taraqqiyotining poydevoridir. Har bir rivojlangan jamiyatning asosida keng ommaning kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati, intellektual salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan faoliyat yotadi. 2025-yil 16-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman ichki ishlar xodimlari ishtirokida "Kitobxonlik-buyuk kelajak kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat qiziqarli savol-javoblar va faol muhokamalar asosida davom etdi. Ishtirokchilar o‘qigan kitoblari qahramonlari,ularni taʼsirlantirgan obrazlari haqida fikr almashildilar.