Farzandini kitobga oshno etishda ona oʻrnini hech bir ustoz bosa olmaydi. 2025-yil 17-iyul kuni "Erjar" mahallasi xotin-qizlariga "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxon ona-oila maʼnaviyatining ko‘zgusi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda mahallaning kitobxon oilalari ishtirok etdi va o'sib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida oilaning roli alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi. Tadbir qiziqarli savol-javoblar va she'rxonlik bilan uyg'unlashib, oilada farzand tarbiyasiga e’tibor berish haqida hayotiy misollar keltirildi, bu mavzularda yaratilgan kitoblar haqida so‘z bordi.Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu tadbirda 35 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.