Kitob targ'iboti

Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasida istiqomat qiluvchi aholi ōrtasida kitoblar targ'iboti amalga oshirildi. Targ'ibot davomida, kelajak avlodning tarbiyachisi bo'lgan onalarning ma'naviyati muhimligi, insonlarga to'g'ri yo'l ko'rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo'lishining muhim omilli- bu kitob ekanligi, kitobga do'st bo'lish va o'qishni kanda qilmaslik lozimligi to'g'risida  fikrlar almashildi.