📚2025-yil 22-iyul kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida tuman Madaniyat markazi bilan hamkorlikda aholi va yoshlar o'rtasida kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, intellektual sog'lom raqobatni yuzaga keltirish, fikr almashish imkoniyatini yaratish va takomillashtirish maqsadida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. ✅Intellektual o'yin Pentagon, Everest, Zukkolar jamoalaridan iborat bo'lgan guruhlar o'rtasida qizg'in baxs olib borildi. Ushbu o'yin yakunida Pendagon jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.Axborot-kutubxona markazi tomonidan g'olib jamoa va faol ishtirokchilar taqdirlandi.