Kitob taqdimoti

Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi hamda Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida mashhur ingliz yozuvchisi Agata Kristining dunyo adabiyotining durdona asarlaridan biri — "Al-Karnaku kemasidagi qotillik" kitobiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. 🔍 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘ziga xos sirli voqealar va tergov jarayonlarini yorituvchi mazkur asar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Kitob qahramonlarining obrazlari tahlil qilinib, asardagi detektiv lahzalar muhokama qilindi. 🧠 Bunday tadbirlar kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, o‘qish madaniyatini mustahkamlaydi va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.