Mahorat darsi

2025-yil 23-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Abonementlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashabbusi bilan “Me’yoriy hujjatlarni yuritish tartibi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 🔰Mazkur tadbir axborot-kutubxona markazining ichki hujjat aylanishi, hujjatlarni rasmiylashtirish, yuritish va saqlash bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashda yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. ✅Mahorat darsida ishtirokchilar me’yoriy hujjatlarning turlari, ularning mazmun va shakli, yuritish tartibi hamda hujjat aylanishidagi zamonaviy talablar bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar orqali hujjatlarni to‘g‘ri tuzish, rasmiylashtirish va elektron shaklda yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.