Davra suhbati

2025-yil 26-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida bilimga chanqoq, ajdodlar merosiga hurmat bilan qaraydigan yosh kitobxonlar ishtirokida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab "Tarix sabog‘i – bugunning haqiqatidir" nomli tadbir tashkil etildi. 🇺🇿 Tadbir davomida og‘ir tarixiy davrida o‘z xalqining baxti va ravnaqi uchun kurashgan, lekin nohaq qatag‘on qurboniga aylangan millat fidoyilarining hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. 📝 Shuningdek, kutubxona fondidan qatag‘on qurbonlariga oid tarixiy va badiiy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilarida tarixiy xotiraga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. 📖 Ushbu tadbir – o‘tganlarni yod etish, bugunni anglash va kelajak avlodni ongli, vatanparvar qilib tarbiyalash yo‘lida yana bir qadamdir.