2025-yil 18-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimiz faol onaxonlari ishtirokida "Vatan uchun,millat uchun,xalq uchun" shiori ostida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon bo‘ladi" mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. ✅Albatta kitobxon onalarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishi va e’tibori – yosh avlod uchun eng go‘zal ibratdir. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlangan tadbirda musiqiy chiqishlar, va chiroyli raqslar namoyish etildi. Shu bilan bir qatorda jamiyatda ayollarning o‘rni va faolligini yanada kuchaytirishga doir muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu tadbir ma’naviy kuch, ijtimoiy o‘zgarishlar harakati va ayollarning kelajakka bo‘lgan ishonchidir desak xato bo‘lmaydi.