Davra suhbati

Bugungi kunda “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganib, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish barchamizning burchimizdir. 🔰2025-yil 19-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan  "Do‘stlik" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar  ishtirokida  qatog'on qurbonlarini yod etish maqsadida “Kitoblar bağrida: Qatağon tarixiga sayohat” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. ✅Davra suhbatida yig'ilganlarga qatog'on qurbonlarining ayanchli qismatlari va vatan oldidagi burchlarini bajarganligi ular bizga ozod,mustaqil vatan qoldirganligi haqida so'zlab berildi. 📌Davra suhbatida ishtirok etayotganlar qatag'on qurbonlari haqida anchagina ma'lumotga ega bo`ldilar. Ushbu davra suhbati  mahalla yoshlari qalbida ham ilhom, ham faxr, ham ezgu orzularga ishonch uyg‘otdi. Davra suhbatida 15 ta ishtirokchi qatnashdi.