2025-yil 19-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Paxtazor” mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Inson qadri ijtimoiy maʼrifiy loyihasi” doirasida “Inson qadri – millatning qalbi” nomli davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbirda 50 dan ziyod adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ijtimoiy-ma’rifiy mavzularga bag‘ishlangan asarlar ishtirokchilarning e’tiboriga havola qilindi. Shuningdek, 20 dan ortiq mahalliy fuqarolar va mutaxassislar faol ishtirok etib, inson qadriyatining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning oliy maqsad sifatida qadrlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 🔰Ushbu tadbir, millat taraqqiyotida inson salohiyati va uning qadr-qimmati muhimligini yana bir bor ta’kidlab, jamiyatda insoniylik va mehr-muruvvatni yuksaltirishga qaratilgan muhim ijtimoiy-ma’rifiy voqea bo‘ldi.