Joriy yilning 20-avgust kuni Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston" mahallasi hududidagi 11-sonli maktab bilan hamkorlikda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida "Umummilliy birdamlik" loyihasi doirasida "Umummilliy totuvlik-birdamlik va hamjihatlik kafolati" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. ✅Tadbirda axborot-kutubxona fondidan 50 nusxadagi adabiyotlar ko'rgazmaga qo'yilib, ishtirokchilariga yaqindan tanishtirildi. Tadbir 30 nafar ishtirokchini o'z ichiga oldi.