Xazinalar durdonasi

‼️Hurmatli kitobxonlar! E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz. ✍️ Irvin Shou. 🖌Boy va kambag'al. 📚Amerkalik adib Irvin Shouning "Boy va kambag'al" romani ikki avlod taqdiri haqida hikoya qiladi. Germaniyalik muhojir Aksel Jordax Amerikada yangi hayot boshlaydi Uylanib, uch farzand ko'radi. Bir qiz va ikki o'g'li. Katta o'gli Rudolf maktabda a'lo baholarga o'qiydi. Universitetni tamomlab, o'zining mehnatkashligi va aqli bilan katta yutuqlarga erishadi. Ikkinchi o'g'li Tomas esa mushtlashishni yaxshi ko'radigan, janjalkash yigit bo'lib ulg'ayadi. Shu bois, uning hayoti fojiali yakun topadi. Ushbu qiziqarli asarda insonning qanday hayot kechirishi uning ilm-u amaliga, xatti-harakati bog'liq ekani badiiy obrazlar orqali yorqin tasvirlab berilgan.