Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga "Erjar" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar ekskursiyaga tashrif buyurdilar. ✅Ekskursiya davomida ishtirokchilarga turli yo‘nalishdagi kitoblar tanishtirilib ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda o‘zlarining kitobxonlik odatlari, yoqtirgan asarlari haqida so‘z yuritib, kutubxona fondining boyitilishi ustida fikr almashdilar. 🔰Tadbirdan maqsad aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, yangidan-yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va kutubxona xizmatlarini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.