Kitoblar marafoni

2025-yil 23-avgust sanasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasida  O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun,xalq uchun"shiori ostida "Kitoblar marafoni" tashkil etildi. ✅Tadbirda ko‘plab kitobsevar yoshlar ishtirok etishdi. Kitob — bolalikning eng sadoqatli do‘sti, orzular sari eltuvchi qanot, tafakkurga yorug‘lik baxsh etuvchi manba. Kitob o‘qish — shunchaki odat emas, hayotga ongli yondashuvdir. 📖Kitoblar marafoni tadbiri doirasida 50 dan ziyod bolalar uchun adabiyotlar va ertak kitoblardan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.