"Yosh kitobxon"

Kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir. 🔰Joriy yilning 25-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tuman "Mustaqillik" mahallasi yoshlari ishtirokida "Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi tashkil qilindi. Kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va yoshlarni bilimga ilhomlantirishga harakat qilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat kitobxonlik, balki fikrlash madaniyatining ham o‘sishiga xizmat qiladi. ✅Tadbir so'nggida faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.