MUSTAQILLIK – ENG BUYUK BAYRAM!

🎉 MUSTAQILLIK – ENG BUYUK BAYRAM! 🎉 Bugun Mirzacho‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan asosiy bayram tantanalari keng nishonlandi. 🥳 🏛 Madaniyat markazi oldida bo‘lib o‘tgan tadbirda nuroniylar, keng jamoatchilik, yoshlar va mehmonlar ishtirok etib, mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. ✨ 🎶 Bayram dasturi ko‘tarinki ruhda, rang-barang sahna chiqishlari bilan yanada fayzli o‘tdi. Tomoshabinlarga: 🌟 Estradamizning sevimli xonandasi Xurshid Rasulov, 🌟 Mashhur Havas guruhi, 🌟 Iste’dodli san’atkor Sardor Rasulov 🌟 Sevimli xonanda Anvar Sanayev hamda boshqa san’atkorlarning jonli ijrolari bayramona kayfiyat ulashdi. 🎤🥁 🎇 Bayram tantanalari yurtimizning mustaqillik yo‘lidagi ulkan yutuqlarini, tinch va farovon hayotimizni yanada ulug‘lab berdi.