Kitob taqdimoti

2025-yil 26-avgust kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Chegara qo'shinlari Mirzacho'l tuman bo'limi bilan hamkorlikda O'lmas Umarbekovning "Bahor bulutlari" asari taqdimoti tashkil etildi. 🔰Tadbirda yozuvchi O'lmas Umarbekovning o'zining " Bahor bulutlari" asarida besuyak tilning birgina aytilgan gapi bir begunoh insonni badnom qilib yuborishi mumkinligi borasida ogoh etganligi, eskicha qarashlar, g'iybat, tuxmat har bir jamiyatni mudom ma'naviyatsizlikning tuban botqog'iga tortib turishi haqida fikr mulohazalar bildirildi. ✅Taqdimot fikr mulohazalarga boy o'tdi. Ishtirokchilar tomonidan voqealarning hayotiyligi, qahramonlarning salbiy va ijobiy obrazlari muhokama qilindi. Asar qahramonlarining qiyinchiliklarga oson yengilmasdan, ortga qaramay yangi hayot boshlashdan cho'chimaganligi jihatidan har bir kitobxonni o'ziga jalb eta oladi.