#xazinalar_durdonasi ✍️ Migel De Servantes 📘 Don Kixotning sarguzashtlari 📘Qo‘lingizdagi ushbu kitob ispan adibi Migel de Servantes (1547-1616) qalamiga mansub «Don Kixotning sarguzashtlari» asari-jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Bu asar nafaqat badiiy kitob orqali, balki yurtimiz telekanallarida yiliga bir necha bor berilgan videofilmi orqali ham juda mashhur. Migel de Servantes ushbu asari orqali nafaqat soddalik va mug‘ombirlikni hajv qiladi, balki shu bilan birga yuksak insoniy fazilatlarni ham tarannum etadi. Bu fikrimizning isbotida quyida berilgan «Yondaftarga muhrlanuvchi bitiklar»da ko‘rishingiz mumkin. Asarning ushbu nashrida hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga асосан qo‘shimcha iqtiboslar kiritildi va hozirgi o‘zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.