"Vatan uchun,millat uchun,xalq uchun"shiori ostida mustaqillik bayrami keng nishonlandi

2025-yil 26-avgust kuni Mirzacho‘l tumani "Yangidala" mahallasida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan"Vatan uchun,millat uchun,xalq uchun"shiori ostida mustaqillik bayrami keng nishonlandi. 🥳 🌟 Tadbir davomida mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirokida Vatanimiz mustaqilligining qadr-qimmati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va taraqqiyot yo‘lidagi yutuqlar haqida so‘z yuritildi. 🎶 Bayramona konsert dasturi, kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari barchaga quvonch ulashib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. ✅Shu bilan bir qatorda Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 80 dan ziyod yangi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etilib, bayram ishtirokchilariga havola etildi.