"Men nechun sevaman O‘zbekistonni" mavzusida mushoira kechasi tashkil etildi.

2025-yil 28-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot - kutubxona  markazi xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari Mirzacho‘l tuman bo‘limi bilan hamkorlikda "Men nechun sevaman O‘zbekistonni" mavzusida mushoira kechasi tashkil etildi. 📖Tadbirda  kitobxonlar o‘zlarining sevimli shoirlar ijodidan yod olgan she’rlarini ifodali o‘qib eshittirdi.  O‘zbekiston xalq shoirlarining vatan, muhabbat, ona yurt, ezgulik haqidagi she’rlari jarang sochdi. Shuningdek, ba’zi ishtirokchilar o‘z ijod namunalarini ham taqdim etdi. ✅Tadbir  qiziqarli savol -javoblar hamda  she’rxonlik bilan uyg‘unlashib, ishtirokchilar qalbida yuksak taassurot qoldirdi. Mushoira kechasi ishtirokchilar qalbida kitobga, she’riyatga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.