Kitoblar targ'iboti

Joriy yilning 4- sentabr kuni "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bog'bon" mahallasi hududidagi 14-maktabda yosh avlodni kitob va kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida "Kitob xazina, bilim boylik" mavzusida targ'ibot tadbirlari tashkil qilindi. ✅Tadbirda 50 nusxadagi o'zbek va jahon bolalar adabiyoti durdonalari yoshlarga havola etilib, o'qish uchun tavsiya etildi.