2025-yil 4-sentabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot- kutubxona markazi "Mustaqillik" va "Mirzadala" mahallasi xotin-qizlari ishtirokida 2-12-sentabr kunlari "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Rahmat Fayziyning Hazrati inson kitobi taqdimoti oʻtkazildi. ✅Tadbirda Hazrati inson asarining mazmun mohiyati keng ma'noda yoritib berildi. Ishtirokchilar asar qahramonlarining orzu umidlari, g'am va shodliklariga sherik boʻldilar hamda oʻz fikr-mulohazalari bilan boʻlishdilar. 🔰Bu kitob ishtirokchilarga mehr-oqibat, sabr va birdamlikni naqadar muhimligini anglata oldi. Hazrati inson kabi asarlar insonni oʻz qalbini tinglashga, to'g'ri yoʻlni topishga chorlaydi.