Mahorat darsi

Joriy yilning 5-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish" xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan tuman axborot -kutubxona markazi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida, kutubxona xodimlarga navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. ✅ Ushbu mahorat darsida xodimlarga raqamlashtirish tushunchasi, axborot-kutubxona markazidagi mavjud bosma nashrlarni raqamlashtirishda ABBYY FineReader dasturidan foydalanish qoidalari haqida amaliy va nazariy ma'lumotlar berib o'tildi..