#Kitob_va_mutolaa_haftaligi doirasida "Jadid bobolar jasorati doim yodimizda" nomli davra suhbati

2-12-sentabr "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida 2025-yil 5-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bogʻbon" mahallasining yosh kitobxonlari ishtirokida qatag'on qurbonlari xotirasiga bag'ishlab "Jadid bobolar jasorati doim yodimizda" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida og'ir tarixiy davrida o'z xalqining baxti va ravnaqi uchun kurashgan, lekin nohaq qatag'on qurboniga aylangan millat fidoyilarining hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar berildi. ✅Kutubxona fondidagi qatag'on qurbonlariga oid tarixiy va badiiy kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. 🔰Tadbirdan maqsad shuki o'tganlarni yod etish, bugunni anglash va kelajak avlodni ongli, vatanparvar qilib tarbiyalashdir.