Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida 2025-yil 5-sentabr kuni "Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon" mavzusida ma'naviyat soati tashkil etildi.Tadbirda tinchlik oliy ne'mat, inson hayotining ajralmas qismi bo'lmish,bu ulug' ne'matning qadriga yetishmiz kerakligi ta'kidlab o'tildi. ✅ Ma'naviyat soati davomida yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan muhim voqea hodisalar bilan tanishtirildi. 🔰Shular bilan bir qatorda jurnal va gazetalarda chop etilayotgan Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun ,millat uchun ,xalq uchun "shiori ostida nashr etilgan maqolalarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirildi.