Joriy yilning 9-sentabr kuni "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-maktab oʻquvchilari ishtirokida “Yozuvchi va kitobxon” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida tumanimiz shoiri va yozuvchisi Roʻzimurod Bolqiyev bilan mazmunli suhbat olib borildi. Uchrashuvda oʻquvchilar ijodkor bilan erkin muloqot qilishdi, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, yoshlar kitob mutolaasining ahamiyati, ijodkorlik sir-asrorlari va Vatan ravnaqi yoʻlida badiiy soʻzning oʻrni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlishdi.