2025-yil 9-sentabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bogʻbon" mahallasi hududida joylashgan "Sihat-salomatlik FARM MCHJ"ga qarashli Qodirov Abdug'affor Sattarovichning shaxsiy kutubxonasiga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatildi. Bu jarayonda kutubxona faoliyatini takomillashtirish, hujjatlarni yuritilishi, inventar kitobining yozilish tartibi, kitoblarni javonlarga joylashtirish va ularga texnik ishlov berish yuzasidan tavsiyalar berildi.