Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish,ularni mustaqil mutolaa va izlanishga jalb qilish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tmoqda. 🔰Joriy yilning 9-sentabr kuni Mirzacho'l agrosanoat texnikumi talabalari tashrif buyurdi. Talabalar kutubxonaning barcha bo'limlari faoliyati, uning imkoniyatlari,resurslari va xizmatlari bilan yaqindan tanishtirilib o'tildi. ✅Shuningdek yoshlar kutubxonaga a'zo bo'lishib,iliq taassurotlar bilan ketishdi.