"Kitob va mutolaa haftaligi"doirasida"Ilmli yo'l-sahifalar orasida" nomli ko'rgazma tashkil etildi.

2025-yil 10-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobsevar yoshlar o'rtasida "Kitob va mutolaa haftaligi"doirasida"Ilmli yo'l-sahifalar orasida" nomli ko'rgazma tashkil etildi. ✅Yosh avlod o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o'quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirish shuningdek, ular orasida ijodiy qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan ko'rgazmada, turli mavzularda yoshlar uchun mos bo'lgan badiiy adabiyotlar, hikoyalar, ertaklar, yangi chop etilgan o'zbek va jahon adiblarning eng sara asarlari namoyish etildi.