"Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida davra suhbati

Joriy yilning 10-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob va mutolaa haftaligi"doirasida Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika yo'nalishi magistranti Tursunboyev Shohruh tomonidan"Ilmiy salohiyat-kelajak poydevori" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ilmiy salohiyat bu nafaqat bilim va ko'nikmalar yig'indisi balki innovatsiyalar yaratish,haqida qiziqarli fikr va mulohazalar bildirildi.Suhbat davomida Shohruh Tursunboyev o'zining barcha yutuqlarida kitobning o'rni beqiyos ekanligini takidlab o'tdi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.