#Kitob_va_mutolaa_haftaligi #xazinalar_durdonasi 📝 Oybek. 🖌Nur qidirib . «Nur qidirib» asarining bosh mavzusi – Pokiston xalqining ikki yoqlama, yaʼni mustamlakachilar va mahalliy mansabdorlar tomonidan jabr-zulm ostida qolganiga qarshi erksevar xalq farzandlari kurash olib borishlaridan iborat. Qissaning bosh qahramonlari – Ahmad Husayn va Iskandaro xalq ozodligi va farovonligi yo‘lida kurashish barobarida o‘z muhabbatlariga erishish uchun ham astoydil intiladi. Ahmad Husayn moddiy ahvoli tang bo‘lishiga qaramasdan iymon-eʼtiqodiga xilof vazifalarda ishlashdan bosh tortadi. Bir-birini qattiq sevgan Ahmad Husayn va Iskandaroning ishq va muhabbat, g‘ayrat va shijoat, o‘zlarining ham, xalqning ham baxtiyor kelajagiga oid orzu va umidlar bilan limmo-lim qalblari «Nur qidirib» quyosh sari talpinadi...