Ekskursiya

2025-yil 11-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Mirzadala" va "Do'stlik" mahallasi yoshlari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. ✅Kutubxonaga sayohat davomida o'quvchilarga kutubxonaga a'zo bo'lish tartibi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berildi. Kitoblarga bo'lgan mehr va qiziqishlarini oshirish, mustaqil o'qish ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida badiiy adabiyotlar, bolalar ensiklopediyalari bilan tanishtirildi.