"Ochiq eshiklar kuni"

Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil mutolaa va izlanishga jalb qilish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tmoqda. 🔰Joriy yilning 11-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Ipak yo'li mahallasi 4-maktabi o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. ✅Kutubxona mutaxassislari tomonidan o'quvchi yoshlarga axborot -kutubxona markazidagi xizmatlar faoliyati , kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma'lumolar berildi. Shuningdek badiiy adabiyodlar bo'limi, kitob ko'rgazmalari, kutubxonada joriy qilingan loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.