Mirzachol tuman axborot- kutubxona markazida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan 2025-yil 11-sentabr kuni "Mirzadala" mahallasi 3-maktab o'quvchilari ekskursiyaga tashrif buyurishdi. 🔰 Tashrif davomida o‘quvchilarga kutubxona fondi, yangi adabiyotlar hamda kitobxonlikka oid loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlarda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish maqsadida turli qiziqarli savol-javoblar va suhbatlar o'tkazildi. 📚 Ekskursiya o‘quvchilarning bilimlarini boyitish va kutubxonaga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.