#xazinalar_durdonasi 📝Barbara Oukli 📚Raqamlar uchun yaralgan idrok. Miyangiz gʻaroyib qobiliyatlarga ega, afsuski, undan samarali foydalanish uchun qoʻllanma yoʻq. Bu qoʻllanmani “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida topishingiz mumkin. Tajribangiz bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu kitobdan bilim olish koʻnikmalaringiz va texnikangizni oshirish uchun yangicha va ajoyib usullarni topasiz. Oklend universitetining muhandislik professori Barbara Oukli oʻzining “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobida sizga matematika va tabiiy fan qoʻrquvlarini qanday yengish va bu fanlarda ustunlikka erishish mumkinligini koʻrsatib beradi. Kognitiv fandagi soʻnggi tadqiqotlarga asoslanib, Oukli bizning miyamiz qanday oʻrganishini va bu bilimlarni oʻz foydamiz uchun qanday ishlatishimiz mumkinligini tushuntiradi va samaraliroq oʻrganish boʻyicha amaliy maslahatlar beradi.