Xon atlas

#Xon_atlas 🔰Xon atlas – necha yuz yillik tarixga ega matolarimizdan. O'zligimizni, o'zbekligimizni eslatib turuvchi bu matodan tikilgan liboslar ayollarimizga, qizlarimizga o'zgacha joziba, ko'rk, chiroy bag'ishlaydi. Qizlarimizdagi hayo, ibo atlas bilan o'zaro uyg'unlashib, ta'rifga so'z ojiz manzara hosil qiladi. Bu bejiz emas. Undagi yorqin ranglar, jilvakor naqshlar ona – tabiatimizdan nusxa olib yaratilgan. Inson esa tabiatning ajralmas bir bo'lagidir. Milliy qadriyatlarimizdan sanalgan bu matoning “Marg'ilon atlasi”, “Qora atlas”, ”Bargi karam”, “Namozshomgul”, “Qora ko'zim” kabi nusxalari mashhur sanaladi. Ular nafaqat go'zal va jozibador, balki kishi salomatligi uchun ham foydalidir. Chunki atlasu adraslarimiz tabiiy ipakdan tayyorlanadi. Tabiiy ranglar vositasida bo'yaladi.