#xazinalar_durdonasi

#xazinalar_durdonasi ✍️Abdulla Qahhor. 🖌Sarob. 📚Abdulla Qahhorning «Sarob» romanini o‘zbek va qardosh xalqlarning bir qancha adiblari o‘zlari uchun mahorat maktabi, deb bilganlar. Asardagi chuqur psixologik tahlil namunalaridan, xarakter va holat yaratish usullaridan, syujet va kompozision yaxlitlikka erishish yo‘llaridan, ayniqsa, badiiy tilning jozib tovlanishidan saboq olganlar va olmoqdalar. ✍️Roman yaratilgan paytidan buyon adabiyotshunoslikning diqqat markazidan tushmay, hali-hamon qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlaryni jiddiy va batafsil tahlil qilgan adabiyotshunoslar M. Qo‘shjonov, U. Normatov, V. Smirnova, M. Sultonova ishlari, nafaqat qahhorshunoslikning, balki o‘zbek romanshunosligining ham salmoqli yutuqlari bo‘lib qoldi.