#Xon_atlas 📚Bugungi yoshlik- ertangi tarix. Milliy libos esa avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikdir. Shunday ekan, milliy libosni qadrlash, uni ardoqlash va yoshlar ongiga singdirish barchamizning burchimizdir. 🔰Joriy yilning 17-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Xon atlas " festivali doirasida 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida "Milliy madaniyat va adabiyot durdonalari" mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. ✅Ko‘rgazma nafaqat kitoblar balki,milliy qadryatlarimiz targ‘iboti uchun ham maʼnaviy bir maydonga aylandi. Ishtirokchilar milliy madaniyatimiz, xalqona anʼanalarimiz va bebaho merosimizning timsollarini namoyon etdilar.