2025-yil 17-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Xon atlas" festivali hamda "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan Oqila ayollar harakati a'zolari ishtirokida "Oilada komil shaxs tarbiyalashda milliy an'analar, urf- odat va marosimlarning o'rni" mavzusida adabiy- musiqiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda oilalarda milliy urf-odatlarga, milliy qadriyatlarga, milliy kiyinishga berilayotgan e’tibor, kelinlarimiz, qizlarimizning odobi, ibo-hayosi haqida dildan suhbat o’tkazildi. Oilalarning mustahkam bo’lishida qaynonalarning o’rni, nabiralar tarbiyasi, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish borasidagi tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Mutaxassislar tomonidan T. Malikning "Kelinlar daftariga" Sh.Salimovaning “Tanlangan asarlar” Rahima Shomansurovaning "Qizlar kitobi" kabi kitoblar targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 30 nafar onaxonlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.