📚2025-yil 18-sentabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi talabalari ishtirokida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi. 🔰Tadbirda Liderlar, Iqtisodchilar va Zukkolar jamoalari oʻzlarining bilim darajasi, tezkor fikrlashi va intellektual qobilyatlarini sinash maqsadida bellashdilar. ✅ Bu kabi intellektual loyihalar yoshlarga sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishda, ularning bilim va salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻyin yakunida Iqtisodchilar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.